Belarus TIV rahbari: biz MDH go‘rkovi bo‘lmaymiz

© Sputnik/Viktor TolochkoVladimir Makey, Belarus TIV rahbari
Vladimir Makey, Belarus TIV rahbari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Belarus TIV rahbari Vladimir Makey MDH mamlakatlari doimiy vakillari uchrashuvi oldidan Hamdo‘stlik ishtirokachilari yanada jipsroq va kuchliroq bo‘lishlari kerakligini ta’kidladi

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Belarus Tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey respublika hech qachon "MDH va boshqa integratsion tashkilotlar go‘rkovi bo‘lmasgini" aytgan. Ammo shu bilan birga u tashkilotni yanada kuchliroq va talabgir qilish lozimligini ta’kidlagan. RIA Novosti xabari asosida.

Belovej shartnomasi imzolanishi - Sputnik O‘zbekiston
MDH yaratilish tarixi – 1991-yil 8-dekabr voqealari
"Siz shu narsaga amin bo‘ling-ki, Belarus Respublikasi hech qachon MDH va boshqa integratsion tashkilotlar go‘rkovi bo‘lmaydi… Biz MDHni kuchliroq va talabgirroq tashkilotga aylantirishimiz darkor", — deb aytgan Makey MDH Ijroiya kengashi kotibi Sergey Lebedevga payshanba kuni Minskda MDH davlatlari doimiy vakillarining birinchi yig‘ilishi oldidan.

Belarus TIV rahbari, MDH tashkil etilganidan buyon o‘tgan 25-yil vaqt "tashkilot faqat muzokaralar platformasi bo‘lib xizmat qilibgina qolmay, balki bu yerda mamlakatlar farovonligi ko‘rsatkichini oshirishga xizmat qilayotgan muayan qarorlar qabul qilinayotganini ko‘rsatib berdi", deb qo‘shimcha qilgan.

Yangiliklar lentasi
0