MDH yaratilish tarixi – 1991-yil 8-dekabr voqealari

Obuna bo‘lish
Rosa 25-yil oldin, RSFSR, Ukraina va Belorussiya SSR rahbarlari Belorussiyadagi “Belovej” nomli dam olish maskanida to‘planib, SSSR tarkibidan chiqish va MDH tashkil qilish, harbiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarda hamkorlik qilish haqida kelishib olishgan edi.

TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Bugun MDH tashkil qilinganiga 25-yil to‘ldi. Ushbu voqeani 20-asrning eng muhim voqealaridan biri desak adashmaymiz. Biz RIA Novosti arxivlarida o‘sha voqealar suratga tushirilgan videolavha topdik.

MDH tashkil qilinishidan oldin SSSR ichida bir necha muhim voqealar sodir bo‘la boshlagan edi.

MDH davlatlari bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston
MDH — chorak asr birgalikda

Birinchidan, Gorbachev boshlagan “qayta qurish”, “oshkoralik”  va boshqa shiorlar, aslida yaxshi maqsadni ko‘zlab ko‘tarilgan bo‘lsada, jamiyatda kutilmagan natijalarga olib keldi. Xususan, xalq orasida SSSR hukumatiga va kommunizmga bo‘lgan ishonch yo‘qolishiga va G‘arb mamalkatlarida bo‘lgan texnik taraqqiyot va jamiyatdagi erkinlikka qiziqish paydo bo‘ldi.

Ikkinchidan, har bir Respublika imkon qadar mustaqil bo‘lishga, o‘z boyliklariga o‘zi xo‘jayinlik qilishni istar edi. Gorbachev boshlagan liberallashtirish tufayli ushbu maqsadlarga qisman erishildi ham – 1990-yilda barcha respublikalar mustaqillik va davlat suvereniteti haqida deklaratsiyalar qabul qilishdi.

Uchnchidan, SSSRning eng katta mamlakati bo‘lgan RSFSR rahbariyati, xususan Boris Yelsin SSSRdan birinchi bo‘lib alohida ajralib chiqish rejasini tuzadi va shartnoma loyihasini tayyorlaydi. Moskvada ortiqcha bosim bo‘lmasligi uchun ushbu o‘ta muhim shartnoma Moskvadan ancha uzoqda — Belorussiyaning Belaya Veja nomli dam olish maskanida imzolash taklif qilinadi.  

Belorussiyaning o‘sha vaqtdagi rahbari Stanislav Shushkevich aytishiga qaraganda, Yelsin tomonidan taklif qilingan — SSSR tarkibidan chiqib MDH tashkil qilish haqidagi shartnoma — barchaga mutlaq kutilmagan hol bo‘lgan.

1991 yilning 7-dekabri kuni aslida neft va gaz yetikzib berish masalalarini muhokama qilish uchun to‘plangan prezidentlarga yangi shartnoma haqida oldindan hech narsa ma’lum bo‘lmagan. “Faqat Yelsin hamma narasadan xabardor edi”, “ular Belovejga oldindan tayyorlangan reja bilan kelishgan edi”, — deb izoh bergan edi ushbu voqealarga keyinchalik Shushkevich.

Shunday qilib 1991-yilning 8-martida SSSR tarkibidan chiqib MDH tashkil qilish haqidagi shartnomani dastlab uch Ittifoq respublikasi rahbariyati: RSFSRdan Boris Yelsin va Gennadiy Burbulis, Belorussiyadan — Stanislav Shushkevich va Vacheslav Kebich, Ukrainadan Leonid Kravchuk va Vitold Fokinlar imzolaydi.

1991 yilning 21-dekabrida MDHning Olma-Otada bo‘lib o‘tgan kengashiga ushbu tuzilmaga Ozarbayjon, Armaniston, Kozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, O‘zbekiston va  Turkmaniston qo‘shiladi.

1991 yilning 8-dekabridan boshlab SSSR davlati xalqaro maydonda o‘z siyosiy va yuridik kuchini yo‘qotadi.

Yangiliklar lentasi
0