TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. "Men prezident etib saylansam, Xitoy AQSh bilan tuzgan savdo bitimi qoidalariga to‘liq amal qiladi", deb ta’kidlagan amerikalik milliarder Donald Tramp.
"Men moliya vazirimga Xitoyning AQSh va Butunjahon Savdo Tashkiloti savdo bitimlarini buzishi to‘g‘risida hujjatlarni tayyorlashni topshiraman", — degan u.
Donald Tramp, shuningdek, Xitoyni "valyutalar manipulyatori"ga tenglashtirib qo‘yishini aytib tahdid qilgan. "Bu o‘zi bir yil oldin amalga oshirilishi kerak edi", — degan Tramp. Trampning so‘zlariga qaraganda, valyutalar manipulyatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi har bir mamlakat uchun bu holat jazosiz kechmasligi lozim, ularga qo‘shimcha tarif va soliq ko‘rinishida javob choralar qo‘llanilishi shart.