OAV: qirg‘izistonlik O‘zbekiston fuqarosini poyezd tagiga itarib yubordi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishMoskva metropoliteni
Moskva metropoliteni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kuni kecha Peterburg metrosida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. OAVlarda ma’lum qilinishicha, o‘zbekistonlik baxtsiz hodisa oqibatida halok bo‘lmagan. Uni poyezd tagiga Qirg‘iziston fuqarosi itarib yuborgan

TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. O‘zbekiston fuqarosi o‘limida Qirg‘iziston fuqarosi gumonlanmoqda, ammo hozirga qadar bu xabar huquqni muhofaza qilish organi xodimlari tomonidan tasdiqlangani yo‘q, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston nashri.

"Sankt-Peterburgda bir erkak o‘z tanishini yaqinlashib kelayotgan poyezd tagiga itarib yubordi", — deb xabar qilingan Rossiya Tergov Qo‘mitasi rasmiy saytida.

Peterburg metrosi - Sputnik O‘zbekiston
Peterburg metrosida o‘zbekistonlik yigit halok bo‘ldi
Ushbu hodisa 10-yanvar kuni ertalab Moskva metropolitenining "Aleksandr Nevskiy maydoni" stansiyasi platformasida yuz bergan. 22 yashar yigitlar o‘rtasida mojaro yuz bergan, janjal davomida ularning biri ikkinchisisni yaqinlashib kelayotgan poyezd tagiga itarib yuborgan. Relsga qulab tushgan o‘zbekistonlik voqea joyida halok bo‘lgan. Gumonlanuvchi esa qo‘lga olingan.

O‘zbekistonlik yigitni poyezd tagiga itarib yuborgan — qirg‘izistonlik bo‘lib chiqdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston. Qirg‘izistonning Rossiyadagi elchixonasi matbuot-xizmati hozirda ushbu hodisa haqidagi ma’lumotlar diplomatik vakolatxona xodimlari tomonidan aniqlashtirilayotgani haqida xabar qilgan.

Ushbu hodisa yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 105 — "Qotillik" moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0