TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Peterburg metrosining "Aleksandr Nevskiy maydoni" stansiyasida 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi relsga yiqilib olgan jarohati oqibatida halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda nuz.uz.
Baxtsiz hodisa bugun ertalab yuz bergan.
Ma’lumotlarga qaraganda, uni platformaga ko‘tarib olishganida tirik bo‘lgan, lekin hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.
Sankt-Peterburg metrosi matbuot xizmatining bildirishicha, yigitni poyezd bosib ketgan.