O‘zbekiston va Tojikiston temir yo‘l aloqasini tiklash bo‘yicha hozircha kelisha olmadi

Obuna bo‘lish
Bu masala Dushanbeda dekabr oxirida o‘tgan savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha tojik-o‘zbek hukumatlararo komissiyasining yig‘ilishida muhokama qilinishi rejalashtirilgandi

TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Tojikiston va O‘zbekiston ikki davlat o‘rtasidagi temir yo‘l aloqasini tiklash bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston.

Bu masala Dushanbeda dekabr oxirida o‘tgan savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha tojik-o‘zbek hukumatlararo komissiyasining yig‘ilishida muhokama qilinishi rejalashtirilgandi.

"Tojik temir yo‘li" DUKning xabar berishicha, tojik tomoni temir yo‘lning O‘zbekistondagi Amuzang-G‘alaba qismini tiklash taklifini bildirgan. Biroq bu taklif yig‘ilishda muhokama qilinmagan, chunki u yig‘ilish bayonnomasi loyihasiga kiritilmagan. Ammo bu masala bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda, dedi "TTY" DUK vakili.

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida aviaqatnovlar yanvardan yo‘lga qo‘yiladi

2011 yil noyabrda O‘zbekiston tomoni Amuzang-G‘alaba uchastkasidagi temir yo‘llarni olib tashlagan.

Ilgariroq ikki respublika o‘rtasida avia va temir yo‘l aloqalarini tiklash bo‘yicha hamkorlik faollashgani xabar qilingandi.

Tez orada O‘zbekistonni Farg‘ona vodiysi bilan bog‘laydigan Tojikiston orqali o‘tgan temir yo‘l ham ishga tushishi haqida xabar tarqalgandi.

Shuningdek, 2017-yilning birinchi yarmida Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi aviaaloqa tiklanishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0