TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. 2016-yilda Ravon R2 va Ravon Matiz mos ravishda 22,4 va 17,6 ming dona sotilgan, deb xabar bermoqda "Darakchi".
Shu tarzda GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqariladigan A toifadagi har ikki avtomobil jahon eng ommabop modellar reytingining TOP-50taligidan joy oldi. Ravon R2 reytingda 43-, Ravon Matiz 47-o‘rinda joylashgan.
Chevrolet Spark bazasida ishlab chiqarilgan Ravon R2 sotuvi 2015-yildagiga nisbatan 2,5 baravardan ko‘proqqa oshgan. Ravon Matizga bo‘lgan talab esa 5 baravarga ko‘paygan.
Umuman olganda, 2016-yil natijalariga ko‘ra jahon avtobozorida 4,3 million dona A toifadagi avtomobil sotilgan. Shahar avtomobillariga bo‘lgan talab 8 foizga oshgan.
Eslatib o‘tamiz, shahar avtomobili bu uzunligi 3700 mmdan qisqa bo‘lgan kichik modeldir.