TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Germaniyaning Dobersek Engineering GmbH kompaniyasi "Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati" AJni (OTMK) modernizatsiya qilish ishlarini yakuniga yetkazdi.
"Zavod metallurgiya sexida Germaniya kompaniyasi tomonidan o‘rnatilgan mis eritish pechi ishga tushdi", — deb xabar berdi kombinat vakili RIA Novostiga.
Loyihada yiliga 17 ming tonna misni qayta ishlashga mo‘ljallangan yangi avtomatik mis eritish pechini tayyor holda topshirish ko‘zda tutilgandi.
Qiymati 92 million dollarni tashkil etuvchi loyiha O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda banklar krediti, shuningdek, kombinatning o‘z mablag‘i hisobiga moliyalashtirildi.
Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati O‘zbekistonda yagona mis ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Shuningdek, respublikada ishlab chiqarilayotgan kumushning 90%, oltinning 20 foizi kombinat hisobiga to‘g‘ri keladi.