Olmaliq KMK Rossiyada ishlab chiqarilgan uskunalar bilan jihozlandi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishTog‘-kon majmuasining maydalovchi bo‘linmasi
Tog‘-kon majmuasining maydalovchi bo‘linmasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda chiqarilayotgan kumushning 90 % va oltinning 20% Olmaliq KMK ishlab chiqaradi.

TOShKENT, 14 yanv  — Sputnik. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati qiymati 118 mln $ bo‘lgan uskunalar va konveyer kompleksini o‘rnatishni yakunladi, deb xabar berdi korxona vakili.

“Loyiha doirasida uchta sharsimon tegiromon va uzunligi 1,2 km bo‘lgan, to‘qqiz bosqichdan tashkil topgan avtomatlashtirilgan konveyer kompleksi o‘rnatildi”, — dedi vakil.

Qiymati 118 mln $ bo‘lgan loyiha Olmaliq KMKsining bo‘laklash va maydalash sexlarini qayta jihozlashni nazarda tutgan edi. Asosiy texnologik uskunalar yetkizib beruvchisi vazifasida Rossiyaning Sizran shahrida joylashgan OAO “Tajmash” korxonasi ishtirok etdi. Qiymati 73,9 mln dollar bo‘lgan shartnoma 2012-yil oxirida imzolangan edi.

Olmaliq KMK ma’lumotlariga qaraganda majmuani zamonaviy uskunalar bilan jihozlash natijasida uning quvvati 20%ga o‘sib yiliga 35 mln tonna rudaga yetadi. Korxonaning asosiy xom-ashyo bazasi Kalmakir va Sari-Cheku konlari bo‘lib qolmoqda.

Loyiha moliyalashi O‘zbekiston Taraqqiyot fondi krediti 80 mln $, Ipoteka bankidan kredit – 32 mln $ va OKMKning xususiy mablag‘i – 6 mln $ evaziga amalga oshirildi.  

Olmaliq KMK – O‘zbekistonda yagona mis ishlab chiqaruvchi korxonadir. Korxona xom-ashyo bazasi vazifasini Toshkent viloyatidagi Kalmakir va Sari-cheku mis-porfirsimon rudalar koni, Jizzaxdagi Uch-kulach qo‘rg‘oshin-rux-barit rudalar koni va Qashqadaryo viloyatidagi Xandiza polimetall rudalar koni  tashkil qiladi.

KMK tozalangan mis, rux, metall va qo‘rg‘oshin konsentrati va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi. O‘zbekistonda chiqarilayotgan kumushning 90 % va oltinning 20%  OKMK ishlab chiqaradi.

 

Yangiliklar lentasi
0