"Orzu laynerlari" O‘zbekistonga 2019-2020 yillarda keltiriladi

© Sputnik / StringerBoeing 787 Dreamliner
Boeing 787 Dreamliner - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK yangi Boeing 787-8 Dreamlinerlarni 2019-2020 yillarda olib keladi, deb xabar qilingan Milliy aviakompaniya rasmiy saytida

TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Dreamlinerlar O‘zbekistonga 2019-2020 yillarda keltiriladi, deb xabar qilingan O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi rasmiy saytida.

Boeing 787 Dreamliner samolyotini Toshkentda kutib olish - Sputnik O‘zbekiston
Boeing O‘zbekistonga yana uchta "Drimlayner" yetkizib beradi
""O‘zbekiston Havo yo‘llari" MAKni modernizatsiya va unifikatsiya qilish dasturi doirasida "Boing" korporatsiyasi bilan yana to‘rtta yangi avlod Boeing 787-8 Dreamlinerlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Yangi "Orzu laynerlari" 2019-2020 yillarda olib kelinishi kutilmoqda", — deyiladi xabarda.

Ilgariroq, "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi yana to‘rtta Boeing-787 Dreamliner samolyotiga buyurtma bergani haqida xabar qilgan edik.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston aviakompaniyasi 2016-yilda ikkita Boeing-787 Dreamliner avialaynerini sotib olgandi.

Yangiliklar lentasi
0