TOShKENT, 5 noya — Sputnik. Amerikaning Boeing korporatsiyasi O‘zbekiston Havo Yo‘llariga yana uchta Boeing 787 Dreamliner samolyotlari yetkizib beradi deb xabar qildi Milliy avviakompaniya.
"Boeing korporatsiyasi prezidenti Reymond Konnerning O‘zbekistonga tashrifi davomida yana uchta Boeing 787 Dreamliner samolyotlari xarid qilish haqida shartnoma imzolandi", — deyilgan kompaniya xabarida.
O‘zbekistonga yetkizib berish mo‘ljallangan yangi samolyotlar uzaytirilgan turda bo‘lib, ularda yo‘lovchilar o‘rindiqlari soni ko‘paytirilgan bo‘ladi. Yetkizib berish muddati va shartnoma qiymati e’lon qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, shanba kuni ikkinchi Boeing 787 Dreamliner samolyoti yetkizib berildiyu Yangi samolyot Sietldan Toshkentga to‘xtovsiz parvoz qildi.
Ushbu turdagi samolyotlarni ekspluatatsiya qilish uchun O‘zbekistonda maxsus tayorgarlikdan 18 nafar uchuvchi, va 64 nafar samolyotga xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassis tayorlandi. Undan tashqari, Toshkent aeroportida ushbu turdagi samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatish stansiyasi ishga tushirildi.
Dastlabki ikki Boeing 787 Dreamliner samolyotlari sotib olish haqidaga shartnoma O‘zbekiston Havo yo‘llari va Boeing kompaniyasi orasida 2008-yilda imzolangan edi. Samolyotlar Xitoy rivojlanish davlat banki, O‘zbekiston taraqiyot fondi va Milliy aviakompaniyaning xususiy mablag‘lari asosida sotib olingan edi.
"O‘zbekiston Havo yo‘llari" milliy aviakompaniya O‘zbekiston yagona aviakompaniya bo‘lib, u davlatga tegishli. Bugungi kunda kompaniya aviaparki o‘nta Boeing 767-300, beshta Boeing 757-200, ikkita Boeing 787 Dreamliner va o‘nta Airbus A-320 samolyotlaridan iborat. Undan tashqari yana ikkita Airbus A300-600F yuk tashuvchi samolyotlari ham bor.
O‘zbekiston millliy aviakompaniyasi Yevropa, Amerika, Yaqin sharq va Osiyoning 20ta shahriga, MDHning 20 shahriga hamda 10 ta mahalliy yo‘nalishlarga parvozlar amalga oshiradi.