TOSHKENT, 10 yanv — Sputnik, Aleksey Bogdanovskiy. Amerika Qoʻshma Shtatlari "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi tomonidan uyushtirilgan qatllarda qatnashgan Buyuk Britaniya fuqarosi Aleksand Emon Koti (Alexanda Amon Kotey)ni sanktsiyalar roʻyxatiga kiritdi, deb xabar qildi seshanba kuni AQSH Davlat departamenti. RIA Novosti xabari asosida.
AQSH tomonidan ilgari surilayotgan taxminlarga koʻra, Koti yetti nafar chet el fuqarolarini, shu jumladan, amerikalik jurnalistlar Jeyms Fouli va Stiven Sotloff, shuningdek, amerikalik Piter Kessiglarni tutqunlikda ushlab turgan va ularning qatlida shaxsan ishtirok etgan. Koti, shuningdek, jangarilarni "ID" safiga chorlash bilan shugʻullangan, deb xabar qilmoqda AQSH Davlat Departamenti.
2015 yildan buyon Indoneziyada faoliyat yurituvchi hamda "ID" rahbari Abu Bakr al-Bagʻdodiyga sodiqligi haqida eʼlon qilgan "Jamaa Ansharut Daula" ekstremistik guruhi ham AQSH sanktsiyalar roʻyxatiga kiritilgan.