TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti shayx Xalifa bin Zayed al Naxayan mamlakatning barcha masjidlarida yomg‘ir haqiga duo o‘qilsin, deya da’vat qildi deb xabar qilmoqda RIA Novosti Arabiston OAVlariga tayangan holda.
Xabarda ta’kidlanishicha, imomlar duo qanday o‘qilishi yuzasidan maxsus tushuntirish ishlarini olib borishadi, masjidlarda esa shu mavzuga bag‘ishlangan maxsus ma’ruzalar tashkillashtiriladi.
Shuningdek, Abu-Dabidagi shayx Zayed masjidida prezident ishtirokida shunday marosim o‘tkazilishi kutilmoqda.
The National nashri xabariga ko‘ra, BAA fermerlari so‘nggi vaqtlarda qurg‘oqchilik tufayli ekin ekishmay qo‘yishganini aytib, arz qilishmoqda.
Mamlakat milliy meteorologiya va seysmologiya markazi xabariga muvofiq, 2015-yildagiga nisbatan 2016-yilda BAAda yog‘ingarchilik juda kam kuzatilgan.
Ayni vaqtda ham Arabistonda quyoshli va iliq ob-havo hukm surapti, deb yozgan nashr.