Aleksandr Lukashenko fevralda O‘zbekistonga keladi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishAleksandr Lukashenko
Aleksandr Lukashenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda Belarus yetakchisining bo‘lajak tashrifi dasturi ishlab chiqilmoqda

TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko fevral oyida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi, deb xabar bermoqda Tut.by portali.

Hozirda Belarus yetakchisining bo‘lajak tashrifi dasturi ishlab chiqilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Belarus yetakchisi 2016-yilning oktabrida Pokistondan qaytayotib O‘zbekistonga tashrif buyurgandi. Ushbu tashrif chog‘ida u O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov qabriga gul qo‘yib uning xotirasiga hurmat bajo keltirgan va uning bevasi Tatyana Karimovaga o‘z ta’ziyasini izhor etgandi.

Islom Karimov O‘zbekistonning birinchi Prezidenti - Sputnik O‘zbekiston
Aleksandr Lukashenko Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

Bundan tashqari, Aleksandr Lukashenko o‘sha vaqtda prezident vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev bilan ham uchrashuv o‘tkazgan.

Mirziyoyev mamlakat prezidenti etib saylangach Belarus rahbari unga tabrik maktubi yo‘lladi va maktubda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha samarali faoliyatni davom ettirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

Tut.by portalining ma’lumotiga ko‘ra, 2016-yil yanvar-sentabr oylarida ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi 43,4 mln dollarni tashkil etgan, xususan eksport hajmi 23,4 mln dollarga, import hajmi esa 20 mln dollarga teng bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0