TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Kvon Yon U maslahatchi-elchi Soy Chjon-Xo va Davlat turizm qo‘mitasi raisi Anvar Sharapov bilan uchrashuvi chog‘ida ana shunday fikr bildirdi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Today.
Koreya tomoni vakillari ikki mamlakat o‘rtasida turizm sohasida yanada chuqur va samarali hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Xususan, O‘zbekistonda mehmonxonalar va turizm infrastrukturasining boshqa obyektlarini qurishda koreyalik investorlarni jalb etish xususida gap bordi.
Uchrashuv yakunida tomonlar turistik salohiyatni oshirish, turizm va mehmonxona biznesiga investitsiyalar jalb etish, kadrlar malakasini oshirish hamda turizm sanoatini rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashish borasida O‘zbekiston va Koreya munosabatlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga kelishib olishdi.