O‘zbekistonda ID da’vatchisi 8-yilga qamaldi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishQamoqdagi shaxs
Qamoqdagi shaxs - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hafizov ijtimoiy tarmoqlarda jihodga undovchi materiallarni joylashtirish orqali IDga da’vat qilish bilan shug‘ullanib kelgan

TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Buxoro viloyat sudi Bobur Hafizovni ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib etganligi va "Islom davlati" terrorchilik tashkilotiga da’vat qilganligi uchun sakkiz yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgiladi, deb ma’lum qildi viloyat prokuraturasi vakili RIA Novostiga.

"Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Hafizov ijtimoiy tarmoqlarda jihodga undovchi diniy-ekstremistik ko‘rinishdagi materiallarni joylashtirish orqali IDga da’vat qilish bilan shug‘ullanib kelgan. Sud hukmi bilan u sakkiz yilga ozodlikdan mahrum qilindi", — dedi agentlikka suhbatdosh.

Prokuraturaning ma’lumotiga qaraganda, Hafizov giyohvand modda savdosi bilan shug‘ullanganligi uchun to‘qqiz yil qamoqda o‘tirib 2015-yil dekabrida Nijniy Novgoroddan O‘zbekistonga qaytadi. "Hafizov jazoni o‘tash joyida Suriyaga jangari yollash bilan aloqador bo‘lgan diniy-ekstremistik oqim a’zolari ta’siriga tushadi va yurtiga qaytganidan keyin da’vatchilik faoliyatini davom ettiradi", — dedi prokuratura vakili.

Hibsga olish jarayoni - Sputnik O‘zbekiston
Sakkiz nafar o‘zbekistonlik "ID"ga aloqadorligi uchun qo‘lga olindi

O‘zbekistonda keyingi vaqtda terrorchilik guruhlari safida ishtirok etishga uringan fuqarolarga nisbatan sud va huquq-tartibot xodimlari tomonidan choralar ko‘rilayotgani haqida xabarlar ko‘p uchramoqda. Xususan, avgust oyida jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi Suriyadagi ID jangarilariga qo‘shilishni rejalashtirgan besh nafar fuqaroga nisbatan 10-yildan 13-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgilagan edi. Iyul oxirida Namanganda xuddi shunday jinoyati uchun yetti kishi sudlangandi.

ID bugungi kunda jahondagi xavfsizlikka eng katta tahdid solayotgan guruh bo‘lib qolmoqda. Uch yil ichida ID terrorchilari Iroq va Suriyaning anchagina qismini egallab olishgandi. IDga qarshi kurashda yagona front mavjud emas: ushbu guruhga qarshi Suriya hukumati qo‘shinlari Rossiya havo-kosmik kuchlari yordamida, Iroq armiyasi, AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya, shuningdek, kurd, Livan hamda Iroqning shia ko‘ngillilari kurashishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0