TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Isroilning Quddus shahrida noma’lum terrorchi yuk avtomobilini piyoda sayr qilayotgan odamlar ustiga haydadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Quddusning Eski shahar hududida sodir bo‘lgan fojea oqibatida to‘rt kishi qurbon bo‘ldi, 15 kishi jarohatlandi. Tezda yetib kelgan politsiya xodimlar terrorchiga qaratib o‘t ochishgan va uni yaralashgan. Politsiya ushbu voqeani terakt deb tan oldi.
Eslatib o‘tamiz, shunga o‘xshash teraktlar 2016-yilda Fransiyaning Nissa va Germaniyaning Berlin shahrida ham sodir bo‘lgan va ular oqibatida o‘nlab kishilar qurbon bo‘lgan edi.