TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. Turkiya politsiya xizmati Istanbuldagi teraktni amalga oshirganlikda gumon qilinayotgan shaxs suratini e’lon qildi.
Bu haqda 2-yanvar kuni CNN Turk telekanali xabar tarqatdi.Teröristin kimliği ile ilgili yeni bilgiler https://t.co/s0yEuEIYqj pic.twitter.com/Qq6Gk9TzRq
— CNN Türk (@cnnturk) 2 yanvarya 2017 g.
Surat sifati juda yomon, chunki u tashqi kuzatuv kamerasi yordamida olingan.
Berilayotgan xabarlarga ko‘ra, 28-31 dekabr kunlari politsiya xizmati Turkiyaning turli shaharlarida IDga aloqador 63 jangarini qo‘lga olgan. O‘tkazilgan so‘rovlar natijasida ushbu hujumga O‘zbekiston yoki Qirg‘iziston fuqarosi aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumot olingan.
Istanbuldagi Reina tungi klubiga qurollangan hujum Yangi yil oqshomida amalga oshirildi. Kalashnikov atomati bilan qurollangan terrorchi klubni qo‘riqlayotgan politsiyachini otib tashlagan va 700dan ortiq kishi bo‘lgan klub binosiga kirib borib u yerdagi olomonga qarata o‘t ochgan.