OAV: Istanbulda qo‘lga olinganlar yonidan qirg‘iz va qozoq pasportlari chiqqan

© REUTERS/Osman OrsalTurk politsiyasi
Turk politsiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Barcha hibsga olinganlar yangi yil kungi teraktni o‘z zimmasiga olgan "Islom davlati" terrorchilik guruhi bilan aloqadorlikda gumon qilinmoqda.

TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Turkiya politsiyasi Istanbuldagi tungi klubda sodir etilgan terakt tashkilotchilarini qidirish bo‘yicha operatsiya doirasida Izmirda 40 kishini qo‘lga oldi. Ular orasida Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur muxtor viloyatida yashovchi qirg‘iz pasportiga ega shaxslar ham bor, deb xabar bermoqda Sputnik Qirg‘iziston Hurriyet gazetasiga tayanib.

Istanbuldagi tungi klubdagi terakt - Sputnik O‘zbekiston
Istanbuldagi terakt ijrochisining shaxsi aniqlandi

Nashrning bildirishicha, qo‘lga olinganlar o‘tgan yilning noyabridan buyon Istanbul terakti ijrochisi bilan bir uyda yashashgan. Ular 20ta bola, 9 ayol va 11 erkakdan iborat. Gazetaning yozishicha, ular dog‘istonlik, suriyalik va yonidan qirg‘iz hamda qozoq pasportlari chiqqan xitoylik uyg‘urlardir. Barcha hibsga olinganlar yangi yil kungi teraktni o‘z zimmasiga olgan "Islom davlati" terrorchilik guruhi bilan aloqadorlikda gumon qilinmoqda.

Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmati Istanbuldagi fojiadan so‘ng turk maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda ish olib borilayotganini ma’lum qildi.

Yangi yil kechasi noma’lum shaxs Istanbuldagi Reina tungi klubiga avtomat bilan bostirib kirib, yangi yil bayramini nishonlayotgan kishilarni o‘qqa tutdi. Turkiya IIVning ma’lumotiga ko‘ra, terakt oqibatida 39 kishi halok bo‘ldi, 69 kishi yaralandi.

Yangiliklar lentasi
0