TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. Turkiya TIV rahbari Mavlud Chovusho‘g‘li Istanbuldagi tungi klubga 1-yanvar kuniga o‘tar kechasi hujum uyushtirgan shaxsning kimligi aniqlangani haqida ma’lumot berdi. Bu haqda Reyter agentligi xabar qilmoqda, lekin uning ismi aytilmayapti.
Yangi yil kechasi noma’lum shaxs Istanbuldagi Reina tungi klubiga avtomat bilan bostirib kirib, yangi yil bayramini nishonlayotgan kishilarni o‘qqa tutdi. Turkiya IIVning ma’lumotiga ko‘ra, terakt oqibatida 39 kishi halok bo‘ldi, 69 kishi yaralandi.
Ushbu hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan, deb xabar beradi RIA Novosti.
Avvalroq turk OAV hujum O‘zbekiston yoki Qirg‘iziston fuqarosi tomonidan sodir etilgani haqida xabar tarqatgandi.