O‘zbekistonda internet xizmati narxi yanada arzonlashdi

© Uztelecom"O‘zbektelekom" diagramma
O‘zbektelekom diagramma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2016 yilda tariflar o‘n ikki marta tushirildi

TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. "O‘zbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasining ma’lum qilishicha, 2016-yil 21-dekabr kunidan O‘zbekiston provayderlari uchun internet-xizmatlariga tariflar 1 Mbit/s uchun (tashqi kanalda) 91,50 dollarga tushirilganini ma’lum qiladi. Bu haqda kompaniya saytida bildirilgan.

Kompaniya matbuot markazi xabarida qayd etilishicha, 2016-yilda tariflar o‘n ikki marta tushirilgan. Xususan, tariflar 1 Mbit/s uchun 13-yanvardan 156,24 dollargacha, 17-fevraldan 136,34, 1-martdan boshlab 133,62, 2-martdan 115,26 dollarga, 27-apreldan 112,91, 25-iyuldan 111,21 dollargacha, 19-avgustdan 108,31gacha, 22-avgustdan 107,03, 19-sentabrdan 105,77, 28-oktabrdan 103,03 gacha va 21-dekabrdan 1 Mbit/s uchun 91,50 dollargacha tushirilgan.

O‘zbektelekom internet tariflari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda provayderlar uchun internet xizmati tariflari yana tushirildi

Eslatib o‘tamiz, 2015-yilda narxlar o‘n yetti marta tushirilgan edi. Ya’ni 2015-yil yanvar oyida 1 Mbit/s uchun 259,29 dollardan, dekabr oyida 157,60 dollargacha tushirilgandi.

"O‘zbektelekom" AK butun O‘zbekiston Respublikasi hududini o‘z tarmoqlari bilan qamrab olgan yirik telekommunikatsiyalar operatoridir. Kompaniya qayd etilgan va mobil aloqa operatorlari hamda provayderlariga kanallarni ijaraga berish bo‘yicha xizmatlarni, xalqaro va shaharlararo aloqa xizmatlari, ovozli aloqa va ma’lumotlar uzatish xizmatining barcha turlarini, Internet tarmog‘idan foydalanish, videokonferensaloqa xizmatlarini, CDMA va GSM standartida mobil aloqa xizmatlarini taqdim etadi, televizion va radioeshittirish dasturlarini uzatish uchun kanallar tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0