TOShKENT, 3 noya – Sputnik. "O‘zbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasining ma’lum qilishicha, 28-oktabrdan boshlab O‘zbekiston provayderlari uchun internet xizmatlariga tariflar 1 Mbit/s. uchun (tashqi kanalda) $103,03 ga tushirildi.
Kompaniya matbuot markazi xabarida qayd etilishicha, bu yil tariflar o‘n bir marta tushirildi. Tariflar 1 Mbit/s. uchun 1-yanvardan $156,24 gacha, 1-fevraldan $141,94 gacha, 17-fevraldan $136,34 gacha, 1-martdan $133,62 gacha, 2-martdan $115,26 gacha, 27-apreldan $112,91 gacha, 25-iyuldan $111,21 gacha, 19-avgustdan $108,31 gacha, 22-avgustdan $107,03 gacha, 19-sentabrdan $105,77 gacha tushirildi.
Eslatib o‘tamiz, 2015-yilda tariflar 17-marta tushirilgandi. 2015-yilda 1 Mbit/s. uchun yanvar oyidagi $259,29 dan dekabr oyida $157,60 gacha tushirilgandi.