TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. Ostonada bo‘lib o‘tadigan Suriya hukumati va muxolifatning muzokaralari natijasi mamlakatda qisqa muddat ichida inqirozni hal etishga qaratilgan yo‘l xaritasi ishlab chiqilishi bo‘lishi darkor, deyiladi "Suriya inqirozini tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha umume’tirof etilgan siyosiy muzokaralarni boshlash uchun delegatsiyalarni shakllantirish kelishuvi"da.
"Ikki delegatsiyaning (hukumat va muxolifat) muzokaralari natijasida Suriya inqirozini qisqa muddatlarda hal qilishni ko‘zda tutadigan yo‘l xaritasi tayyorlanishi lozim", — deyiladi hujjatda.
Kelishuv hujjatida shuningdek, har ikki delegatsiyaning muzokaralari Rossiya va Turkiya kafilligi ostida o‘tadi. Suriya muxolifati 2017-yil 16-yanvargacha Suriya hukumati bilan muzokara o‘tkazish uchun delegatsiya shakllantirish majburiyatini olgan bo‘lib, muzokaralar 23-yanvarda boshlanadi.
"Kelishuv muxolifat uni imzolashi bilan kuchga kiradi va Suriya rahbariyati vakili Rossiya ishtirokida mazkur hujjatni imzolashi bilan u yuridik jihatdan bajarishga majbur hujjat maqomini oladi", — deb xabar beradi RIA Novosti.
Turkiya tashqi ishlar vazirligi rahbar Mevlud Chavusho‘g‘li Anqara Moskva bilan birgalikda Suriyadagi o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzganlarga qarshi choralarni ishlab chiqayotganligini ma’lum qildi. u shuningdek, rossiyalik ekspertlar 9-10 yanvar kuni Turkiyaga tashrif buyurib, Ostonada bo‘lib o‘tadigan muzokaralar yuzasidan muhokama o‘tkazishlarini bildirdi.