Yangi yil oqshomidagi fojia: Istanbuldagi terakt tufayli 39 kishi qurbon bo‘ldi

© REUTERS / İsmail CoşkunIstanbuldagi terakt
Istanbuldagi terakt - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Istanbul shahridagi tungi klublarning birida ro‘y bergan terakt oqibatida 39 kishi, shu jumladan 16 nafar chet el fuqarolari halok bo‘ldi

TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. Istanbuldagi tungi klublarning biriga amalga oshirilgan qurollangan hujum oqibatida 39 kishi halok bo‘lgan, 69dan ortig‘i jarohatlangan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Istanbul shahri meri Vasip Shaxinning so‘zlariga ko‘ra, ushbu hujumni terrorchilik akti sifatida qabul qilish lozim. Terrorchi teraktni yakka o‘zi amalga oshirgan va hodisa joyidan qochib ketgan.

Turkiya politsiyachilari - Sputnik O‘zbekiston
Turkiyada katta portlash sodir bo‘ldi
"Bu terrorchilik hujumidir", — deb ta’kidlagan Istanbul meri. Uning chiqishi Haberturk telekanali orqali namoyish qilingan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, terrorchilik hujumi oqibatida halok bo‘lganlar orasida 16 nafar xorij davlatlari fuqarolari ham bor.

Turkiya Ichki ishlar vaziri Suleyman Soylu ayni vatda terrorchini qidirish ishlari davom etayotganini ma’lum qilgan.

"Terrorchi qidirilmoqda. Umid qilamanki, u tez orada qo‘lga olinadi", — deya ta’kidlagan vazir.

Reyter agentligining yozishicha, 21 nafar halok bo‘lgan kishilarning shaxsi tasdiqlangan, ularning 16 nafar chet el fuqarolaridir, 5 nafari esa Turkiya fuqarosi.

Reina tungi klubiga hujum Yangi yil oqshomida amalga oshirilgan. Mahalliy OAVlarda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Santa-Klaus libosini kiyib olgan shaxslar Kalashnikov avtomatidan odamlarga qarata o‘q uzgan. Istanbul gubernatori Vasip Shaxin esa hujum yakka-terrorchi tomonidan amalga oshirilgan, deb bayonot qilgan.

Yangiliklar lentasi
0