O‘zbekistonda alkogol va tamaki mahsulotlariga aksiz solig‘i oshdi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishAlkogol maxsulotlari
Alkogol maxsulotlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yilning 1-yanvaridan respublikada ishlab chiqariladigan spirt, spirtli ichimliklar, pivo va tamaki mahsulotlariga nisbatan aksiz soliq stavkalari oshirildi

TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda 2017-yilning 1-yanvaridan respublikada ishlab chiqariladigan spirt, spirtli ichimliklar, pivo va tamaki mahsulotlariga nisbatan aksiz soliq stavkalari oshirildi. Bu haqda respublika davlat soliq qo‘mitasi vakili ma’lum qildi.

O‘zbekiston prezidentining "O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida" qaroriga muvofiq 2017-yilning 1-yanvaridan etil spirtiga (tayyor mahsulotning 1 dekalitri uchun) nisbatan belgilangan aksiz solig‘i — 6 275 so‘m (+25%), tabiiy vino — 6 358 so‘m (+5%), boshqa vino turlariga nisbatan — 10 ming so‘mgacha (+20%), konyak — 58 265 so‘m (+26,9%), aroq va boshqa o‘tkir spirtli ichimliklar — 54 057 so‘m (+25%), pivo — 6 416 so‘m (+25%)ni tashkil qiladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Alkogol mahsulotlari - Sputnik O‘zbekiston
Yangi yildan o‘tkir alkogol narxi 20%ga oshadi

Spirt ulushi 40 foizdan ortiq bo‘lgan konyak uchun (tayyor mahsulotning 1 dekalitriga) aksiz soliq 96 006 so‘m miqdorida belgilandi. 40 foizdan ortiq spirtga ega aroq va boshqa spirtli ichimliklar uchun esa — 89 071 so‘m.

Hujjatga ko‘ra, filtrli va filtrsiz sigaretlarning aksiz soliqlari (ming dona uchun) 28,794 ming so‘mdan 37,432 ming so‘mga oshdi (+29,9 foiz).

O‘zbekistonga olib kiriluvchi tamaki mahsulotlariga nisbatan belgilangan aksiz soliq stavkalari saqlab qolindi va belgilangan aksiz soliq qiymati (ming dona uchun) 18,2 dollarni tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0