Yangi yildan o‘tkir alkogol narxi 20%ga oshadi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishAlkogol mahsulotlari
Alkogol mahsulotlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublika Moliya vazirligi 1-yanvardan boshlab vino, aroq va konyak mahsulotlari sotilishi mumkin bo‘lgan eng arzon narxlarni o‘rtacha 20% ga ko‘tardi.

TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Yangi yildan boshlab O‘zbekistonda pivodan boshqa alkogol mahsulotlarining narxi oshadi, deb xabar qilmoqda nuz.uz sahifasi.

O‘zbekiston Moliya vazirligi va Soliq qo‘mitasi  respublikada eng arzon sotilishi mumkin bo‘lgan alkogol mahsulotlari narxini o‘rtacha 20%ga oshirdi.

Vino mahsulotlari uchun belgilangan eng arzon chakana narx 6500 so‘mni tashkil qildi. Hozirgi kunda amal qilayotgan eng arzon chakana narx 5400 so‘m. Ulgurji savdo narxlari ham 4500 so‘mdan 5400 so‘mga ko‘tarildi.  

Konyak mahsulotlari uchun belgilangan chakana narxlar 20600 so‘mni tashkil qildi, hozir 16400 so‘m. Ulgurji narxlar esa 13900 dan 17200 so‘mga ko‘tarildi.

Yangi yilda aroq va boshqa alkogol mahsulotlarining eng arzon chakana narxi 1 litr uchun 15500 ni tashkil qiladi, hozir 12600 so‘m. Ulgurji narxlar esa 10500dan 12900ga ko‘tariladi.

Yangi qonun faqat pivo mahsulotlariga taaluqli emas.

Yangiliklar lentasi
0