Soxta diplomlar savdosi bilan shug‘ullangan farg‘onalik firibgar ayol qo‘lga olindi

Obuna bo‘lish
Oliy ta’lim dargohini tugallaganlik haqidagi 2ta diplomni 4 ming dollarga pullayotgan firibgar "savdo" jarayonida Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olingan

TOShKENT, 3 yanv — Sputnik. O‘zbekiston MXX xodimlari soliq va valyutaga oid jinoyatlar, noqonuniy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash departamenti vakillari bilan birgalikda soxta hujjatlar savdosini o‘ziga kasb qilib olgan firibgarlarni qo‘lga oldilar, deb xabar qilgan Sputnik muxbiriga respublika kuch tuzilmalaridagi manba.

Qo‘lga olingan jinoyatchi - Sputnik O‘zbekiston
"Uchastka" uchun odamlardan millionlab pul o‘ndirgan qarshilik firibgar qo‘lga olindi
Taqdim etilgan ma’lumotlarga muvofiq, Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumani "Qizil Qaqir" qishlog‘i fuqarolar yig‘inidan bo‘lgan 50 yashar tadbirkor Marhabo Baratova soxta hujjatlarni pullash bilan shug‘ullanib kelgan.

"Tezkor guruh xodimlari Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida istiqomat qiluvchi fuqarodan tushgan ariza asosida maxsus operatsiyani o‘tkazdilar. Tezkor operatsiya davomida M.Baratova 4 ming dollar mablag‘ni olayotgan vaqtda qo‘lga tushgan. Firibgar bu pullar evaziga oliy ta’lim dargohini tamomlaganlik haqida ikkita diplomni sotayotgan bo‘lgan", — deya ta’kidlagan kuch tuzilmalaridagi manba.

Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov ishlari davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0