TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Milliy Xavfsizlik xizmati Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari turar-joy qurilishi uchun yer uchastkasini ajratish sohasida firibgarlik bilan shug‘ullangan jinoyatchini qo‘lga oldilar, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga huquqni muhofaza qilish organidagi manba.
"Tezkor guruh xodimlari firibgar Qarshi shahri Qavali mahallasidan yer uchastkasini ajratish masalasini 20 million so‘m evaziga hal etishga va’da berganidan xabar topadilar. O‘tkazilgan operatsiya davomida A. Abdullayev fuqarodan talab qilingan pulning bir qismi — 1500 dollarni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan", — deb ta’kidladi manba.
O‘tkazilgan tergov natijalarida esa Abdullayev tomonidan sodir etilgan boshqa firibgarlik ishlari ham fosh bo‘ladi. Misol uchun, u o‘z lavozimidan foydalanib, ayollarga yordam berish va’dasi bilan qarshilik N.B.dan 150 dollar, A.U ismli fuqarodan esa — 2,7 million so‘m olgan.
Abdullayevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi ("Firibgarlik") bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Ayni vaqtda surishtiruv ishlari davom etmoqda.