TOShKENT, 3 yanv — Sputnik. Yangi yil oqshomida odamlarga qarata o‘q uzgan terrorchini qo‘lga olish maxsus operatsiya o‘tkazilgan edi. RIA Novosti nashri xabariga ko‘ra, Turkiya huquqni muhofaza qilish organlari vakillari dushanba kuni Zeytinburnu tumanida gumondorni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiyani amalga oshirganlar. Ammo politsiyachilarning urinishi behuda kechgan.
Berilayotgan xabarlarga ko‘ra, 28-31 dekabr kunlari politsiya xizmati Turkiyaning turli shaharlarida IDga aloqador 63 jangarini qo‘lga olgan. O‘tkazilgan so‘rovlar natijasida ushbu hujumga O‘zbekiston yoki Qirg‘iziston fuqarosi aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumot olingan.
Istanbuldagi Reina tungi klubiga qurollangan hujum Yangi yil oqshomida amalga oshirildi. Kalashnikov atomati bilan qurollangan terrorchi klubni qo‘riqlayotgan politsiyachini otib tashlagan va 700dan ortiq kishi bo‘lgan klub binosiga kirib borib u yerdagi olomonga qarata o‘t ochgan.
Ilgariroq Istanbul shahri O‘rtakay tumanida joylashgan tungi klubda teraktni amalga oshirgan shaxsnig surati e’lon qilingan edi.