Obama Amerika xalqi bilan qachon xayrlashishini aytdi

Obuna bo‘lish
AQShning prezidentlik vakolati yakunlanib borayotgan 44-rahbari 10-yanvar kuni Chikagoda xayrlashuv nutqi bilan chiqish qilishini aytdi

TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. AQShning prezidentlik vakolati tugab borayotgan prezidenti 10-yanvar kuni Chikagoda xayrlashuv nutqini so‘zlaydi, deb xabar qilingan Oq uy saytida.

Obama eshiklarni qarsillatib yopdi: AQSh Rossiya diplomatlarini chiqarib yubormoqda
"10 yanvar, ya’ni seshanba kuni men o‘z uyimga — Chikagoga qaytib, sizlarning qarshingizda minnatdorlik xayrlashuv nutqim bilan chiqish qilaman", — deyilgan bayonotda.

"O‘z fikrlarimni endigina yoza boshladim. Ammo men bunga sizlarga o‘z minnatdorchiligimni bildirish imkoniyatidek qarayapman. So‘nggi sakkiz yil muddat ichida sizlar tufayli mamlakat yaxshi tomonga o‘zgardi, buning uchun minnatdorman. O‘z nutqimda biz kelajakda qaysi yo‘nalishda harakat qilishimiz kerakligi borasida ham fikrlarimni aytib o‘taman", — deyilgan Obama bayonotida.

AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp inauguratsiyasi 20-yanvar kuni Vashingtondagi Kapitoliy binosi yonida o‘tkaziladi. Tadbirda 2-3 million kishi qatnashishi xabar qilinmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0