TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Turkiya rahbariga hamdardlik bildirdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘angan va qardosh turk xalqiga Istanbul shahrida sodir etilgan mudhish terrorchilik oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lganligi munosabati bilan ta’ziya izhor etadi. Davlatimiz rahbari o‘z maktubida qurbon bo‘lganlarning oila-a’zolari va yaqinlariga hamdardlik tuyg‘ularini yetkazib qo‘yishni so‘radi. Jarohat olganlarga qisqa muddatda sog‘ayib ketishlarini tiladi", — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyadagi tungi klublaning birida sodir etilgan terakt tufayli 39 kishi qurbon bo‘lgan, 69 kishi jarohatlangan. Qurbon bo‘lganlarning 16 nafari chet ellik fuqarolardir.
Istanbulda sodir etilgan mudhish hodisa uchun "Islom Davlati" terrorchilik uyushmasi javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi.