TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi Istanbuldagi tungi klubda amalga oshirilgan terakt uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Reyter agentligiga tayangan holda.
Berilayotgan xabarlarga ko‘ra, 28-31 dekabr kunlari politsiya xizmati Turkiyaning turli shaharlarida IDga aloqador 63 jangarini qo‘lga olgan. O‘tkazilgan so‘rovlar natijasida ushbu hujumga O‘zbekiston yoki Qirg‘iziston fuqarosi aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumot olingan.
Istanbuldagi Reina tungi klubiga qurollangan hujum Yangi yil oqshomida amalga oshirilgan. Kalashnikov atomati bilan qurollangan terrorchi klubni qo‘riqlayotgan politsiyachini otib tashlagan va 700dan ortiq kishi bo‘lgan klub binosiga kirib borib u yerdagi olomonga qarata o‘t ochgan.