TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Diyorbaqir shahridagi Xavfsizlik boshqarmasi binosi yonida katta portlash sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Hozirga qadar olingan ma’lumotlarga ko‘ra, bino yaqinida minalashtirilgan avtomobil portlagan. OAVlarda berilgan xabarlarga ko‘ra, kamida bir kishi halok bo‘lgan, yana 30 nafari jarohat olgan.
Turkiya politsiyachilari hodisa ro‘y bergan hududni qurshab olganlar. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, atrofda tez tibbiy yordam mashinalari to‘lib ketgan.
Eslatib o‘tamiz, Diyorbaqirda Qurdiston Ishchilar partiyasi a’zolari tomonidan bu kabi aksiyalar bundan oldin ham bir necha bor amalga oshirilgan.
#BREAKING: Bomb blast near police building reported in #Diyarbakir, Baglar district. #Turkey pic.twitter.com/zYGPNVt8AE
— Rudaw English (@RudawEnglish) 4 noyabrya 2016 g.