TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. AQShning so‘nggi qabul qilgan qarori — amerikaliklar chegarani unutib qo‘yayotganini anglatmoqda, deb bayonot qilgan KXDR TIVning AQSh bilan munosabatlar departamenti rahbari Xan Son Rel. Bu haqda RIA Novosti xabar qilgan.
Rasmiy Vashington 6-iyul kuni Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In va mamlakatning 22 nafar amaldoriga nisbatan sanksiya e’lon qildi. AQSh fikriga ko‘ra, sanksiya e’lon qilingan koreyalik rasmiylar inson huquqlari poymol etilishida mas’ul.
Xan Son Rel esa AQShning so‘nggi xatti-harakatlari tufayli yarimorolda vaziyat keskin tus olganini ta’kidlamoqda. "Agar Amerika kelgusi oyda ham Janubiy Koreya bilan hamkorlikdagi harbiy o‘yinlarini davom ettirsa, to‘qnashuv yuzaga kelishi muqarrar", — degan u.
"Pxenyanda mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Amerika o‘zining harbiy o‘yinlari davomida o‘z askarlarini Shimoliy Koreyaga tajovuz qilishga hamda Kim Chen Inni yo‘q qilishga qaratilgan "qurolsizlantiradigan zarba" berishga tayyorlamoqda", — deb qo‘shimcha qilgan Xan Son.