TOShKENT, 31 dek — Sputnik. O‘zbekistonlik yosh xonanda Sardor Milano “Golos” teletanlovini final bosqichida tark etdi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.
Tanlov shartiga ko‘ra, yarim finalga chiqqan to‘rt ishtirokchining har bir o‘z murabbiyi bilan birgalikda va alohida bittadan qo‘shiq ijro etishi, bundan keyin esa tomoshabinlar ularga ovoz berishi kerak edi.
Sardor Milano Polina Gagarina bilan birgalikda “Navek” qo‘shig‘ini ijro etishdi, alohida tartibda esa, Sardor “Knyaz Igor” operasidan “Uletay” qo‘shig‘ini ijro etidi. Shundan keyin tomoshabinlar va teletomoshabinlar tanlov ishtirokchilariga sms orqali o‘z ovozlarini berishdi.
Afsuski, Sardor Milano uchun berilgan ovozlar miqdori eng kam bo‘lib chiqdi, va Sardor ushbu tanlovni tark etishga majbur bo‘ldi. Sahnani tark etish oldidan Sardor, hay’at a’zolarining barchasiga va loyiha tashkilotchilariga birma-bir minnatdorchilik bildirib chiqdi.
“Hozir menda his-tuyg‘ular to‘lib-toshib ketayotgan bo‘lsada, ular orasida bir tuyg‘u bor. Bu – minnatdorchilik tuyg‘usi. Mana shu sahnada bo‘lib o‘tgan barcha voqealar uchun men minnatdorchilik bildiraman, asosiysi men Xudoga shukur qilaman”, — dedi Sardor Milano.
Eng so‘ngida, tanlov tashkilotchiari Sardordan final uchun tayyorlagan qo‘shig‘ini ijro etib berishni so‘rashdi. Sardor “Qirol sher” multfilmidan “Circle of life” (Hayot aylanishi) qo‘shig‘ini ijro etib ulkan olqishlarga sazovor bo‘ldi.
“Golos” tanlovining beshinchi mavsumi g‘olibi – Darya Antonyuk bo‘ldi. Darya musiqa maktabida vokal sinfini yakunlagan va ayni damda MXAT maktab-studiyasining akterlik guruhi o‘quvchisi.