TOSHKENT, 21 dek — Sputnik, Anton Kurilkin. 23 dekabr kuni “Golos” koʻrik tanlovining finali boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekistonlik yosh xonanda Sardor Milano ham ishtirok etadi.
Ushbu muhim voqea oldidan, Sardor Sputnik muxbiri bilan koʻrik tanlov haqidagi fikrlari va oʻzining ijodiy rejalari bilan baham koʻrishdi.
— Yarim finalga tayyorgarlik qanday boʻlmoqda?
— Juda faol tayyorlanayapman. Har kuni juda qiziq ishlar bilan mashgʻulman.
— Umuman ushbu shou haqida qanday fikrdasiz? "Golos" siz oldin qatnashgan "Glavnaya stsena" koʻrik tanloviga koʻra osonroqmi yoki qiyinroq boʻldi?
— "Glavnaya stsena"da hamma narsa men uchun ancha muvaffaqiyatli boʻlgandi. Biz Konstantin Meladze bilan darhol yaxshi til topishib, bir musiqiy yoʻnalishda harakat qilgan edik. “Golos”da boʻlsa finalga ikki qadam qolgan boʻlsada, bu yerda mening yoʻlim juda mushkul boʻldi.
Har kim va hamma menga qarshi boʻlishiga qaramasdan, men oqimga qarshi bordim. Avval mendan mening birinchi murabbiyim (Dima Bilan) voz kechdi. Biroz vaqt oʻtib mening ikkinchi murabbiyim (Polina Gagarina) ham oʻrnimga boshqa qatnashchini maʼqul koʻrdi. Oxirida, faqat tomoshabinlar qoʻllab-quvvatlashiga koʻra, men yarim finalgacha yetib keldim.
— Siz klassik (opera) yoki boshqalarga oʻxshamagan uslubda qoʻshiqlar kuylaysizmi, umuman tanlov sahnasi va hakamlar koʻriklarida nimaga asoslanib qoʻshiq tanlaysiz?
— hakamlar koʻrigida, koʻp hollarda, qatnashchilar oʻzlari qoʻshiq tanlamaydi, ularga ijro etilishi kerak boʻlgan qoʻshiqlarni berishadi. Men hozir klassik uslubdagi qoʻshiqlar bilan ishlayapman. Tomoshabinlarga ham ushbu qoʻshiqlar juda maʼqul kelmoqda.
Lekin “Golos” tanlovida Dima bizga klassik boʻlmagan qoʻshiqlarni berdi. U yerda R'n'b kompozitsiyalar ham bor edi. Menga hatto rep oʻqishga ham toʻgʻri keldi!
Chorak finalda esa, Polina (Gagarina) menga 50 yillar xonandasi Ima Sumak qoʻshigʻini berdi. Men u qoʻshiqni peru tilida ijro etdim.
Shunday qilib, "Golose" tanlovida men xilma-xid uslublarda qoʻshiq ijro etadigan xonanda sifatida tanildim. Bu mening yutugʻim deb himsoblayman.
— Siz juda band boʻlsangiz kerak-a? Toshkentda ham Moskvada ham sahnaga chiqasiz. Ikki shaharda yashashga qanday ulgurasiz?
— Hamma qiyinchilik ham mana shunda-da. Bundan tashqari oxirgi yarim yil ichidi men tez-tez Londonda boʻlib turaman. U yerda ham mening ayrim ijodiy ishlarim bor. U shahar menga juda yoqib qoldi. Men u yerda ijodiy jihatdan oʻzimni yaxshi his qilaman – men u shahardan koʻp ilhom olaman.
Baʼzan ayrim ishlarni bajarishga ulgurmay qolaman ham. Masalan, 24-26 dekabr kunlari Toshkentda “Qor malikasi” myuzkli rejalashtirilgan edi — kuniga uch martadan. Hech kim meni “Golos” tanlovida shuncha uzoq qoladi deb oʻylamagan edi. 23da yarim final, men Toshketdagi premyeraga ulgurmayman. Toshkentga 25da yetib kelib qolgan spektakllarda chiqaman xolos.
— Siz Londonda nima ishlab bilan shugʻullanasiz, agar sir boʻlmasa?
— Rostini aytsam, bu hozircha sir.
— Kelajakda qanday ijodiy rejalaringiz bor?
— Aytish qiyin. Takliflar koʻp, uzoq vaqtga reja tuzish murakkab.
Eng yaqin oradagi rejalarim — 8 yanvarda, Konstantin Meladzening ijodiy kechasida sahnaga ajoyib yulduz bilan chiqaman. Lekin nimligini hozircha ayta olmayman.
— Doimiy repetitsiyalar, kuniga uchta kontsert— bu juda ogʻir boʻlsa kerak. Ovozingizni qanday saqlab qolmoqdasiz?
— Aslida ham juda qiyin, bu ovoz paylari uchun ham zarazli, lekin boshqa yoʻli yoʻq. Bu artistlar uchun odatiy holat. Menga bunday hayot tarzi yoqadi, shuning uchun ham bularning hammasi men uchun oson va silliq oʻtadi.