Rossiya AQSh sanksiyalariga qarshi ilk javob choralarini e’lon qildi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishKreml
Kreml - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kuni kecha AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni kiritib, Rossiyaning 35 nafar diplomatiga Qo‘shma Shtatlarni tark etish shartini qo‘ygan edi. Rossiya Amerikaning ushba xatti-harakatlariga javoban ilk javob choralarini e’lon qildi

TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Rossiya AQSh tomonidan kiritilgan sanksiyalarga nisbatan ilk "javob choralarini" qo‘lladi. Moskvadagi ingliz-amerika maktabi yopildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Eslatib o‘tamiz, payshanba kuni AQSh Rossiyaning razvedka xizmatlari va qator jismoniy shaxslariga nisbatan sanksiyalar kiritdi va ularni "mamlakatda bo‘lib o‘tgan saylovlarga ta’sir o‘tkazganlikda" aybladi. Shuningdek, rasmiy Vashington Rossiyaning 35 diplomatiga mamlakatni tark etish shartini qo‘ydi.Qo‘yilgan ayblovlarga esa AQSh tomonidan hech qanday dalillar keltirilmadi.

Obama eshiklarni qarsillatib yopdi: AQSh Rossiya diplomatlarini chiqarib yubormoqda
Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov Moskva rasmiylari "AQSh tomonidan bildirilayotgan hech qanday ta’kid va ayblovlarga keskin norozi" ekanliklarini bildirdi.

Nashr javob choralaridan ogohlantirilgan "amerikalik vakil"ga tayangan holda berayotgan xabarga ko‘ra, Rossiya ilk javob chorasi sifatida Moskva shahridagi "amerikaliklar va xorijliklar uchun" tashkil qilingan ingliz-amerika maktabini yopgan. Manbaning so‘zlariga ko‘ra, ushbu maktabda AQSh, Buyuk Britaniya va Kanada elchixonalari xodimlari farzandlari tahsil olganlar.

Xabarga ko‘ra, shuningdek, Serebraniy Borda joylashgan elchixona qarorgohiga kirish ham yopilgan.

Yangiliklar lentasi
0