TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Rossiya yetakchisi Vladimir Putin qator davlat rahbarlariga Yangi yil bayrami arafasida tabrik telegrammasini yo‘lladi, deb xabar qilmoqda Krems matbuot-xizmati.
Rossiya prezidenti O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevga ham o‘z tabrigini yo‘lladi.
Kreml saytida berilgan xabarga ko‘ra, O‘zbekiston prezidentiga yo‘llagan tabrigida Rossiya yetakchisi kengayib borayotgan siyosiy dialog haqida to‘xtalib o‘tgan hamda turli sohalarda olib borilayotgan ikki tomonlama hamkorlikni alohida ta’kidlagan.
Vladimir Putin shuningdek Markaziy Osiyoda tinchlik va farovonlikni ta’minlash uchun O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik hamkorlik munosabatlari kelgusida yanada mustahkamlanishiga umid bildirgan.