TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Amerika xalqiga o‘z tabrigini yo‘lladi.
30 Dekabr 2016, 11:39
RIA Novosti xabariga ko‘ra, AQShning Rossiyaga nisbatan sanksiyalar e’lon qilib, Rossiyaning 35 nafar diplomatini mamlakatdan chiqarib yuborish haqidagi hatti-harakatlarga nisbatan Putin Rossiya "oshxona diplomatiyasi" darajasigacha tushmasligini ma’lum qilgan.
"Rossiya AQSh e’lon qilgan sanksiyalarga javob choralarini qo‘llash huquqiga ega, ammo Kreml "oshxona diplomatiyasi" darajasigacha tushmaydi, deb ta’kidlagan o‘z chiqishida Rossiya prezidenti.
Putin Yangi yil tabrigini yo‘llar ekan, Rossiyada akkreditatsiyadan o‘tgan amerikalik diplomatlarning farzandlarini Kremlda o‘tkaziladigan Yangi yil archasi tadbiriga taklif qildi, deb yozadi nashr.