O‘zbekistonda "Mehnat faxriysi" ko‘krak nishoni ta’sis etildi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-dekabr kuni "O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

TOShKENT, 30 dek — Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-dekabr kuni «O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi

Mirziyoyev yangi Farmonni imzoladi
Xususan, farmonda iqtisodiyot va ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, yurisprudensiya va boshqa sohalardagi uzoq yillik halol mehnatlari uchun mehnatkashlarga, shuningdek ishlamaydigan, jamiyatda mustahkam oilani saqlab qolgan, farzandlarini kattalarga va kichik avlodga hurmat, jamiyat oldidagi mas’uliyat, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalab hurmat qozongan onalarga taqdim etiladigan "Mehnat faxriysi" ko‘krak nishoni (I, II, III darajali) ta’sis etilishi belgilab qo‘yildi.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash va uni topshirish davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ularning tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, taklifi bilan amalga oshiriladi.

Shuningdek, tumanlar va shaharlar hokimliklari "Mehnat faxriysi" nishoni bilan taqdirlangan shaxslar yashaydigan xonadonlar va uy-joylar eshiklarida "Bu yerda I, II, III darajali "Mehnat faxriysi" nishoni bilan taqdirlangan fuqaro (F.I.O.) istiqomat qiladi" yozuvi bo‘lgan belgi o‘rnatilishini ta’minlashlari ham belgilab qo‘yildi.

Yangiliklar lentasi
0