TOShKENT, 30 dek — Sputnik. "O‘zbekiston" telekanali orqali efirga uzatilgan "Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi" o‘z davrining eng mashhur ko‘rsatuvlaridan biri edi. Har bir xonadon vakillari, hayotning turli sinovlari boshiga tushgan qahramonlar hayotidan so‘zlaguvchi ushbu ko‘rsatuvni intiqlik bilan kutar edilar… Dastur ko‘plab oilalarga oilaviy muammolarni hal etishda maslakdosh bo‘lgan deyish mumkin. Ammo so‘nggi yillarda ko‘rsatuv "O‘zbekiston" teleradiokanali efirlaridan olib tashlangan edi.
Ayni farmonda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi "Mahalla" telekanalida "Keksalar davrasida" doimiy rubrikasini tashkil etish hamda "Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi" teleko‘rsatuvini tayyorlash borasida ham alohida to‘xtalib o‘tilgan.
Farmonga ko‘ra, "O‘zbekiston" milliy teleradiokompaniyasi bir oy muddatda "Mahalla" telekanalida yoshi kattalarga bag‘ishlangan va har kuni namoyish qilinadigan "Keksalar davrasida" doimiy rubrikasini tashkil etishi, shuningdek "Mahalla" telekanalida har oyda "Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi" teleko‘rsatuvining bittadan yangi seriyasini tayyorlash va namoyish etish belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, "O‘zbekiston" teleradiokompaniyasi orqali efirga uzatilgan "Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi" ko‘rsatuvining tashkil etilganiga yarim asrdan oshdi.