Tojikistonga do‘stlik qo‘lini cho‘zgan Mirziyoyev emas, Karimovdir - ekspert

© Institut stran SNG. MDH mamlakatlari institutining Markaziy Osiyo bo‘limi rahbari Andrey Grozin
MDH mamlakatlari institutining Markaziy Osiyo bo‘limi rahbari Andrey Grozin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Tojikistonga tashrifida o‘ziga xos ramziy belgi bor, deb ta’kidlagan Sputnik O‘zbekistonga bergan intervyusida MDH davlatlari instituti Markaziy Osiyo va Qozog‘iston bo‘limi mudiri Andrey Grozin

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Grozinning ta’kidiga ko‘ra, ushbu tashrifdan O‘zbekiston va Tojikiston tomonni katta umidlar bog‘lab turgan. O‘zbekistonda davlat rahbari almashgach, mamlakat qo‘shnilar bilan yanada jipsroq munosabatlarga tayyorligini bildiruvchi belgilar bildirgan.

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon - Sputnik O‘zbekiston
Qo‘shnilarda nima gap: Rahmon Tojikiston tashqi siyosati mavqeyi va Rog‘un GESi haqida gapirdi
"Mirziyoyev Karimovdan murakkab merosni qabul qildi. Ammo shu bilan birga O‘zbekistonning hozirgi rahbari Tojikiston bilan munosabatlarni tiklay boshlagan, deb aytib bo‘lmaydi. Hali Karimov davridayoq O‘zbekiston Tojikiston bilan yaqinroq bo‘lish belgilarini bildira boshlagan edi", — deb ta’kidladi Grozin.

Ekspert, shuningdek, tomonlar energetika va suv sohalarida, viza hamda transport masalalarini tez oradahal etishlariga ishonch bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Dushanbeda Tojikiston respublikasi rahbari Emomali Rahmon Rustam Azimov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazgan edi.

Yangiliklar lentasi
0