TOShKENT, 29 dek — Sputnik, Lidiya Isamova. Tojikiston aviatsiya rasmiylari Rossiyaning "Yamal" aviakompaniyasi bilan sudlashishga tayyor, "Somon Eyr" kompaniyasi ham Rossiyaga qarshi da’vo qilishi ehtimoldan holi emas, deb aytgan RIA Novosti nashriga Tojikiston transport vaziri Sherali Ganjalzoda.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Tojikiston hukumati Rossiyaning "Yamal" aviakompaniyasiga mamlakatga parvozlarni amalga oshirishni ta’qiqlagan edi. Bunga javoban Moskva Tojikistonning "Somon Eyr" aviakompaniyasiga Rossiyaning qator regionlariga uchishni man qildi.
Ganjalzodaga ko‘ra, Tojikiston tomon o‘z aviakompaniyalari haq-huquqini sudda himoyalashga tayyor. "Rossiya tomonidan kiritilgan sanksiyalar tufayli "Somon Eyr" aviakompaniyasi Rossiya regionlariga uchish huquqidan mahrum bo‘ldi va buning oqibatida jiddiy moliyaviy yo‘qotishlarni boshdan kechirdi. Shu bois, "Somon-Eyr" ham xuddi shunday da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilishi mumkin", — deb qo‘shimcha qilgan Ganjalzoda.