Tojikiston Rossiya qo‘ygan cheklovga javob qaytardi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tish"Uralskie avialinii" aviakompaniyasi samolyoti
Uralskie avialinii aviakompaniyasi samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Tojikistonning "Somon Eyr" aviakompaniyasiga reyslarni amalga oshirishni ta’qiqlagach, Tojikiston bunga javoban Rossiyaning to‘rt shahridan "Uralskie avialinii" parvozlarini bekor qildi

TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Rasmiy Dushanbe Rossiyaning 4 shahridan "Uralskie avialinii" reyslarini bekor qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Tojikistonning Somon Air aviakompaniyasi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Tojikiston bilan aviaparvozlarni to‘xtatdi
Ilgariroq, Rossiya va Tojikiston Transport vazirliklari vakillari "Yamal" aviakompaniyasining Tojikistonga parvozi borasida aniq kelishuvga bora olmaganliklari uchun, Rossiya Tojikistonning "Somon Eyr" aviakompaniyasiga 23-dekabr 00.00dan boshlab o‘z shaharlariga aviatashuvlarni amalga oshirishni ta’qiqlagani haqida xabar bergan edik.

"Rossiya tomon "Somon Eyr" aviakompaniyasiga qo‘ygan chekloviga javoban biz "Uralskie avialinii" kompaniyasining Krasnodar, Ufa, Chelyabinsk va Krasnoyarchskdan Dushanbega amalga oshiradigan parvozlarini yopmoqdamiz", — deb ta’kidlagan Tojikiston Transport vazirligining Fuqarolik aviatsiyasi departamenti rahbari Yusuf Rahmonov nashrga bergan izohida.

Xabarda aytilishicha, Tojikiston hukumatining qarori Dushanbe vaqti bilan 12.00da kuchga kiradi.

 

Yangiliklar lentasi
0