Rossiya birgina qo‘shiqlari bilan dunyoni zabt etishi mumkin - shaxsiy fikr

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishRossiya Bolalar xorining Kreml saroyida chiqishidan
Rossiya Bolalar xorining Kreml saroyida chiqishidan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
25-dekabr kuni Rossiyada halokatga uchragan Tu-134 samolyoti bortida Aleksandrov nomidagi qo‘shiq va raqs ansamblining 64 nafar artisti ham bor edi... Rossiya bolalar xori halok bo‘lganlarni xotirlash uchun to‘liq tarkibda Kreml saroyida to‘plandi

TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Kuni kecha Kreml saroyida "Tu-134" qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Rossiya Bolalar xori va Mariinsk teatri simfonik orkestri dirijor Valeriy Gergiyev boshqaruvida xotira konsertini taqdim etdilar.

Rossiyaning bosh harbiy dirijeri Valeriy Xalilov - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning bosh harbiy dirijeri - termizlik Valeriy Xalilov qurbon bo‘ldi
Aytish joizki, rus xalq qo‘shiqlari, vatan haqidagi qo‘shiqlar, Aleksandra Paxmutova kompozitsiyalarini ijro etar ekan, bolalar ovozlari uyg‘unlashib, qo‘shilib ketdi. Zaldan tinmay "Tasanno!" (Bravo!) degan hayqiriqlar jaranglab turdi.

Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi o‘rinbosari Olga Golodes konsertga tashrif buyurgan mahalliy OAV vakillariga xodimlariga tadbir borasida shunday fikr bildirdi: "Bugun bolalar taqdir taqazosi bilan halokatga uchragan samolyot bortida bo‘lgan buyuk insonlarga va boshqa oddiy insonlarga atalgan bag‘ishlovlarni ijro etdilar. Bu juda muhim edi, negaki, bolalar ham, zal ham xuddi butun boshli davlat singari mamlakat boshiga tushgan og‘ir judolikka sherik bo‘ldilar".

Har Yangi yil arafasida Kremlda konsert qo‘yish Bolalar xori uchun allaqachon an’anaga aylangan. Rossiya Bolalar xori butun mamlakatdan to‘plangan minglab bolalardan iborat.

Tashkilotchilarning so‘zlariga qaraganda xor butun tarkibda besh kun avval to‘plangan. Hatto bayram dasturi ham tayyor bo‘lgan. Ammo 25-dekabrda ro‘y bergan hodisa barcha rejalarni tubdan o‘zgartirib yuborgan. Yangi asarlarni repetitsiya qilishga vaqt yo‘qligi sabab, xayriya-tadbirida asosan bayram ssenariysi uchun tasdiqlangan qo‘shiqlar ijro etildi.

"Bugungi konsert dasturini man qilish kerakdir, degan savol bilan hamkasblarim, do‘stlarimga murojaat qiladigan bo‘lsam, aminmanki, ular "Musiqa har narsadan ustun. Hayot davom etaveradi", — deya javob bergan bo‘lishar edi, deb ta’kidladi jurnalistlarga dirijer Valeriy Gergiyev.

Rossiya qurolli bilan mashhur, deyishadi… Bolalar xorida jarang topgan qo‘shiqlarni tinglar ekanman, beixtiyor Rossiya xori — bu uning qudrati ramzi, degan fikrga keldim. Rossiya qurolsiz ham, birgina xor orqali ijro etadigan qo‘shiqlari bilan ham dunyoni zabt etishi mumkin. U buni Kreml saroyidagi xotira-konsertida isbotladi!

Yangiliklar lentasi
0