TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Joriy yilning sentabr oyida uzoq tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston armiyasi ofitserlari Rossiya harbiy o‘quv yurtlarida ta’lim olish jarayoni qayta tiklandi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Rossiya elchixonasidagi harbiy attashe, polkovnik Sergey Chernishev xabar qildi.
"Mening bilishimcha, o‘zbek ofitserlari hozirda Rossiya Federatsiyasi harbiy o‘quv yurtlarida ta’lim olishmoqda. O‘quv mashg‘ulotlari 2016-yilning 1-sentabrida boshlangan. Bu yangilik uzoq tanaffusdan so‘ng ro‘y berdi. Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik 2011-2012 yillarda to‘xtab qolgan edi. O‘zbek ofitserlari asosan havo mudofaasiga qarshi mutaxassisligida tahsil oladilar", — deb ta’kidladi vakil.
Rossiya harbiy attashesi so‘zlariga fikriga ko‘ra, yiliga Rossiya harbiy ta’lim dargohlarida taxminan 20 nafar o‘zbekistonlik ofitserlar tahsil olishadi.