TOShKENT, 29 dek — Sputnik. "O‘zdavneftgazinspeksiya" Samarqand hududiy bo‘limi tomonidan neft mahsulotlari sotuvi bo‘yicha olib borgan o‘rganish davomida bir qator savdo qoidalari buzilishi holatlarini aniqladi, deb xabar qilmoqda "Zarafshon" nashri.
Xabarda ta’kidlanishicha, ayrim shoxobchalarda yoqilg‘idan "urib qolish", mahsulot sifati bo‘yicha yolg‘on ma’lumot berish holatlari qayd etilgan.
"O‘zdavneftgazinspeksiya"si tomonidan neft-gaz mahsulotlari bilan savdo qiluvchi tadbirkorlar huquqi himoya qilinadi. Shu bilan birga, mavjud imkoniyatlarga oyoq qo‘yish hollariga munosib ravishda baho beriladi.
"Tekshirishlar davomida yuqoridagi salbiy holatlarning barchasiga to‘siq qo‘yildi. Qoidabuzarliklar bo‘yicha rasmiylashtirilgan hujjatlar chora ko‘rish uchun tegishli organlarga yuborildi", — deyilgan xabarda.