TOShKENT, 28 dek — Sputnik. 2016-yilning 28-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkiya Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmet Bashar Shenni qabul qildi, deb xabar bergan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Vazir Elchining ishonch yorliqlari nusxasini qabul qildi.
2016-yilning 17-18-noyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkiya uchrashuvining muvaffaqiyatli yakunlari buning yana bir bor isbotidir. Shu nuqtayi nazardan erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga doir aniq masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuvda bo‘lajak ikki tomonlama aloqalar, jumladan vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarni o‘tkazish vaqtlari va mazmuni yuzasidan fikr almashildi.