Rossiyaning bosh harbiy dirijeri - termizlik Valeriy Xalilov qurbon bo‘ldi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishRossiyaning bosh harbiy dirijeri Valeriy Xalilov
Rossiyaning bosh harbiy dirijeri Valeriy Xalilov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun Sochi yaqinida Tu-154 samolyoti qulashi oqibatida 92 kishi qurbon bo‘ldi. Qurbonlar orasida Aleksandrov nomli harbiy orkestr rahbari, taniqli dirijer - Valeriy Xalilov ham bor edi.

TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Sochi yaqinida halokatga uchragan Tu-154 samolyotining aksariyat yo‘lovchilari Rossiya  armiyasining A.V.Aleksandrov nomli bosh harbiy ashula va raqs ansambli artistlari edi. Ular Suriyada xizmat qilayotgan Rossiya harbiylarini kirib kelayotgan Yangi yil bayram konserti ijro etish maqsadida ketayotgan bo‘lishgan.

Shuningdek kollektiv bilan birga Suriyaga ushbu ansambl rahbari, Rossiya bosh harbiy dirijeri general-leytenant Valeriy Xalilov ham samolyotda bo‘lgan.

Tu-154 samolyoti fojeasi - Sputnik O‘zbekiston
Tu-154 samolyotida kimlar bo‘lganligi aniqlandi

Valeriy Xalilov — 1952-yilning 30-yanvarida O‘zbekistonning Termez shahrida tug‘ilgan. 4 yoshida musiqa yaratishni boshlagan. 11 yoshida Moskvadagi harbiy-musiqa o‘quv yurtiga qabul qilingan.  1975 yilda Chaykovskiy nomli konservatoriya  huzuridagi harbiy-dirijerlik fakultetini yakunladi.

1980 yilda Pushkin radioelektronika harbiy o‘quv yurtida o‘tkazilgan harbiy orkestrlar tanlovida birinchi o‘rinni egallagan.

1981 - 1984 yillarda Chaykovskiy nomli konservatoriya  huzuridagi harbiy-dirijerlik fakultetida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan.

1984 — 2002-yillarda harbiy orkestrlar xizmatida oddiy ofitserdan boshliq o‘rinbosari lavozimigacha ko‘tarilgan.

2002 yilda Valeriy Xalilov Rossiya Harbiy Kuchlarining harbiy-orkestr xizmati boshlig‘i — bosh harbiy dirijeri bo‘ldi.  

O‘z lavozimi taqozo qilgan vazifalardan tashqari Valeriy Xalilov turli xalqaro  tanlovlar rahbari bo‘lgan. “Amur to‘lqinlari”, “Yuz yillik marsh” va “Spass minorasi” xalqaro harbiy orkestrlar festivallari ana shular jumlasidan.

Valeriy Xalilov mashhur “Spass minorasi” xalqaro harbiy orkestrlar festivali tashabbuskori va tashkilotchisi ham bo‘lgan. Intervyulardan birida, Xalilovning o‘zi ushbu festival 2007-yilda paydo bo‘lganligini, dastlab u “Kreml tongi” deb atalganini aytib o‘tgan edi.

Shuningdek Valeriy Xalilov o‘tgan yillar davomida “Spass minorasi” harbiy orkestrlar festivalini barcha harbiy musiqachilar hurmat qiladigan, haqiqiy dunyoviy tadbirga aylantirdi. Har yili bo‘lib o‘tadigan ushbu festivalga dunyoning turli mamlakatlaridan 1000dan ortiq kishi ishtirok etadi. Ishtirokchilar oasida Afrika, Yevropa, Amerika va Osiyo mamalkatlari orkestrali bor.

2016 yilning aprel oyida Xalilov Rossiya Qurolli Kuchlarining A.V. Aleksandrov nomli Akademik harbiy ansamli rahbari etib tayinlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0