TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Rossiya va Tojikiston Dushanbe g‘arbida joylashgan "Ayniy" nomli harbiy aerodromdan birgalikda foydalanish haqida shartnoma tayyorlashmoqda, deb xabar qildi Rossiyaning Tojikistondagi elchisi Igor Lyakin-Frolov, Sputnik Tojikiston xabariga asosan.
"Rossiya "Ayniy" harbiy aerodromini birgalikda ishlatish haqida shartnoma imzolashdan manfaatdor. Hozir ushbu masala ikkala tomondan ham o‘rganib chiqilmoqda", — dedi echi matbuot anjumanida.
Lyakin-Frolovning so‘zlariga qaraganda, ushbu aerodrom Tojikistonda joylashgan Rossiyaning 201-harbiy bazasini kuchaytiruvchi muhim bo‘lagiga aylanadi. Ayni damda "Ayni" aerodromida to‘rttadan Mi-24 va Mi-8 zarba beruvchi va jangovor-transport vertolotlari joylashtirilgan.
"Ayni" aerodromi 2007-yilda Hindistonlik mutaxassislar tomonidan 70 mln dollarga rekonstruksiya qilingan edi. Bugungi kunda ushbu obyekt barcha turdagi harbiy samolyotlarni qabul qilish imkoniyatiga ega.
2017 yilning yanvar oyida Qo‘rg‘on-Tepada Rossiyaning yangi harbiy bazasi quriladi. U yerda tibbiyot bo‘limlari, askar va zobitlar yotoqxonalari quriladi. Shuningdek 201 harbiy baza yangi qurol-yarog‘ bilan jihozlanadi. Jumladan bazada "Uragan" turdagi yoppasiga reaktiv o‘t ochish tizimlari paydo bo‘ladi.
Rossiyaning Tojikistonda joylashgan 201 harbiy bazasi strategik ahamiyatga ega. Biroz oldin Sputnik bilan bo‘lgan intervyuda, Lyakin-Frolov Tojikistonda joylashtirilgan 201 harbiy baza, do‘stona Tojikistonga nisbatan tajovuzkor niyatda bo‘lgan, ayrim qaynoq boshlarni sovutib turuvchi, tinchlik va xavfsizlik garovi" bo‘ladi degan edi. 2012-yilda imzolangan shartnomaga ko‘ra ushbu baza Tojikiston hududida 2042-yilga qadar qolishi mumkin.